Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar uchun mavjud tartib soddalashtirilishi mumkin
O‘zbekiston adliya vaziri va AQSh elchisi o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston adliya vazirligida AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda adliya vaziri Akbar Toshqulov AQSh elchisi O‘zbekistonda boshlagan faoliyati bilan tabriklab, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, siyosiy-diplomatik, ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga ishonch bildirdi.
Tomonlar diniy va nodavlat notijorat tashkilotlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik qilish, ular uchun qonunchilikdagi mavjud tartiblarni soddalashtirish va qo‘shimcha qulayliklar yaratish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar to‘g‘risida fikr almashdi.
AQSh elchisi kelgusida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

19:55 / 11.07.2025