Abramovich urushdan biroz oldin boyligini bolalariga rasmiylashtirgani ma’lum bo‘ldi
Rossiyalik oligarx 4 milliard dollarlik mulkini farzandlariga rasmiylashtirib bergan.

Foto: Guardian Design/Getty/Reuters/Rex/Shutterstock
Rossiyalik ishbilarmon Roman Abramovichning 4 milliard dollarlik mol-mulkiga ega bo‘lgan trastlar Ukrainadagi urush boshlanishidan biroz oldin farzandlari nomiga rasmiylashtirilgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Abramovich manfaatlarini ko‘zlab yaratilgan o‘nta maxfiy offshor trast 2022 yil fevral oyi boshida, Ukrainada qurolli mojaro boshlanishidan uch hafta oldin tezkor qayta tashkil etilgan. Bundan sal oldin G‘arb hukumatlari agar Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga kirsa, rossiyalik oligarxlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgan edi.
Hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Abramovichning yetti nafar farzandi (eng kichigi to‘qqiz yoshda) ushbu trastlarning benefitsiariga aylangan. Ushbu aktivlarning qiymati kamida 4 milliard dollarni tashkil etadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Abramovichning umumiy boyligi 8,7 milliard dollarga teng.
The Guardian nashrining yozishicha, o‘zgarishlar Abramovich farzandlarini hashamatli ko‘chmas mulk, yaxtalar, vertolyotlar va shaxsiy samolyotlarning so‘nggi benefitsiar egasiga aylantirgan.
Nashrning qayd etishicha, trastlar egasining o‘zgartirilishi G‘arb davlatlari tomonidan Abramovichga tegishli deb hisoblangan aktivlarni muzlatishga bo‘lgan urinishlarga barham berishi mumkin.
Misol uchun, o‘tgan yilning dekabr oyida Kanada hukumati rossiyalik tadbirkorga aloqador deb hisoblangan Granite Capital Holdings Ltd. kompaniyasidan 26 million dollar musodara qilishini aytgan edi. Biroq, hujjatlarga ko‘ra, Abramovich ushbu kompaniya benefitsiari emas. Bu joyni uning farzandlari egallagan.
Rossiya, Isroil va Portugaliya fuqaroligiga ega Abramovich AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagan. Xabar qilinishicha, Ukraina hukumati tadbirkorning tinchlik muzokaralarida norasmiy vositachi bo‘lganidan keyin Oq uydan unga nisbatan sanksiyalar qo‘llamaslikni so‘ragan.
Abramovichga qarshi sanksiyalar Buyuk Britaniya va YeI tomonidan 2022 yil mart oyida kiritilgan. Abramovich Kreml bilan moliyaviy aloqalari borligini rad etadi va unga nisbatan YeI sanksiyalarini bekor qilish uchun sudga da’vo arizasi kiritgan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi
Jahon | 18:09
-
Ukraina Qrim ko‘prigi ustunlarini minalashtirganini aytmoqda
Jahon | 17:59
-
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi
O‘zbekiston | 17:58
Mavzuga oid

18:09
Ukrainaning «Pavutina» operatsiyasi Kremlda «g‘azab va xavotirga» sabab bo‘ldi

17:59
Ukraina Qrim ko‘prigi ustunlarini minalashtirganini aytmoqda

15:50
Rossiyadagi migrantlarning uchdan bir qismi rus tili imtihonidan o‘tolmadi

14:23