Toshkentda oxirgi 50 yillikdagi eng sovuq harorat qayd etildi
Toshkent shahrida 13 yanvar kuni -19,8 daraja sovuq harorat qayd etildi. Mazkur ko‘rsatkich poytaxtdagi oxirgi yarim asrlik uchun eng minimum haroratdir.

2007-2008 yilning qish oylarida Toshkentda eng past harorat ko‘rsatkichi -17,4 darajagacha pastlagan. Hozirgi sovuq antitsiklon 2008 yil qishidagi antitsiklondan kuchli.
Respublika bo‘yicha eng past harorat Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatga olingan bo‘lib, o‘tgan asrning 70-yillarida harorat -40 darajagacha pasaygan.
“O‘zgidromet” axborot xizmati ushbu antitsiklon biroz kuchsizlanib borayotgani, ammo O‘zbekiston keyingi haftagacha uning ta’sirida bo‘lib turishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

10:03
Toshkentda onlayn savdo platformasida 3 yoshli bolani kim sotuvga qo‘ygani aniqlandi

09:46
Toshkentliklar uchun qadrdon kanallarning qiyofasi o‘zgaradi. Cho‘milish joylari ko‘zda tutilganmi?

14:41 / 26.06.2025
Toshkent bosqinining 160 yilligi mavzusida ilmiy yig‘in o‘tkazildi

21:25 / 25.06.2025