Toshkent viloyatida qo‘shni xonadonlarda yong‘in yuz berdi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan bir-biriga tutash xonadonlarda yong‘in yuz berdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda yong‘in 12 soatda o‘chirilgani, o‘t o‘chirish mashinalarida suv muzlab qolgani aytilgan.
FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, haqiqatan ham 13 yanvar kuni soat 00:23 da Zangiota tumani Nazarbek hududi «Beshqo‘rg‘on» MFY Do‘stlik ko‘chasida bir-biriga tutash bo‘lgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra beshta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:34 da qurshab olingan va soat 05:05 da bartaraf etilgan. Yong‘in 4 soat 2 daqiqada o‘chirilgan. Yong‘in 12 soatda o‘chirilgan degan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Yong‘in natijasida ikkita uyning 200 kvadrat metr (100 kvadrat metr, 100 kvadrat metr) maydonda tomi, ichi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning 450 kvadrat metr (200 kvadrat metr va 250 kvadrat metr) maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
«Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 26 kilometrni tashkil etadi. Yong‘in o‘chirish avtomobillari doim har qanday vaziyatda jangovar shay holatda turadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
-
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 08:37
-
Isroil gumanitar yordam yuklangan 3000 ta yuk mashinasining G‘azoga kirishini to‘sib qo‘ydi
Jahon | 08:15
-
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi
Jamiyat | 08:00
Mavzuga oid

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

22:45 / 28.05.2025
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi

17:35 / 28.05.2025
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi

20:37 / 26.05.2025