Jahon shaxmat toji uchun bahs Qozog‘istonda o‘tkaziladi
Ostona shahri Nepomnyashchiy – Lijen qarama-qarshiligiga mezbonlik qiladi.

Foto: Getty Images
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) xabariga ko‘ra, rossiyalik Yan Nepomnyashchiy va xitoylik Din Lijen o‘rtasidagi jahon chempioni unvoni uchun o‘tkaziladigan o‘yinlarga Ostona shahri mezbonlik qiladi. Bahslar, avval e’lon qilinganidek, 7-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sovrin jamg‘armasi 2 million yevro bo‘lib, uning 60 foizi g‘olibga, 40 foizi esa mag‘lubga beriladi.
O‘tgan yilning iyul oyida Nepomnyashchiy nomzodlar turnirida g‘olib chiqib, jahon toji uchun bahsda kurashish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Uning raqibi amaldagi chempion norvegiyalik Magnus Karlsen bo‘lishi kerak edi, ammo u navbatdagi chempionlik himoyasida qatnashmaslikka qaror qildi. Natijada, uning o‘rnini nomzodlar turnirida ikkinchi bo‘lgan Lijen egalladi.
Karlsen 16-jahon chempioni hisoblanadi. U tojni 2013 yilda qo‘lda kiritgan. Shundan keyin u Vishi Anand (Hindiston), Sergey Karyakin (Rossiya), Fabiano Karuana (AQSh) va Yan Nepomnyashchiyga (Rossiya) qarshi bahslarda chempionlikni himoya qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid

13:59
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

10:52
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaradagi tirbandlik masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

14:30 / 04.06.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi salkam 1,4 mlrd dollarga yetdi

22:07 / 03.06.2025