Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi noqonuniy tunnellar aniqlandi
Andijonda Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tuvchi 2 ta yerosti yo‘li aniqlandi. Har ikkisining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150−200 metrga teng.

Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tuvchi yerosti yo‘llari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 3 va 9 fevral kunlari O‘zbekiston DXX va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tezkor tadbirlar olib borilgan. Jarayon davomida Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv tumani hududidan O‘zbekiston davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hududiga olib kiruvchi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150−200 metrli ikkita yerosti yo‘llari mavjudligi aniqlangan.
Hozirda bu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:48 / 26.07.2025
Xonoboddagi festivalga sarflanayotgan milliardlar: Viloyat hokimligi izoh berdi, Antikorrupsiya agentligi o‘rganish o‘tkazadi

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

10:28 / 23.07.2025
Andijonda ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan do‘kon egasi ushlandi

08:30 / 22.07.2025