Sud ekspertizasi tadqiqotlari o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan «Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Foto: AP
Mazkur nizom davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasalar tomonidan sud ekspertizasi tadqiqotlari o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, quyidagi holatlarda sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish taqiqlanadi:
- ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan qarindosh bo‘lganda;
- ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining rahbarlari, tarkibiy bo‘linma boshliqlari va ularning yaqin qarindoshlari bo‘lganda, bundan tadqiqotlar o‘tkazuvchi yagona tashkilot bo‘lgan holatlar mustasno;
- ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlardan biri nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining mulkdori, muassisi, kuzatuv kengashi, ijro organi a’zosi, kreditori, sug‘urtalovchisi hamda ularning yaqin qarindoshlari bo‘lganda;
- ustav fondida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining yoki sud ekspertining ulushi bo‘lgan yuridik shaxsning xulosadan manfaatdorligi bo‘lganda;
- tirik shaxsga nisbatan sud ekspertizasini o‘tkazishda mazkur shaxsga uning tayinlanishidan oldin tibbiy yordam ko‘rsatilganda. Mazkur cheklov sud-tibbiy yoki sud psixiatrik ekspertizalar shaxsni bevosita ko‘rikdan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan hollarda ham amal qiladi;
- sud ekspertining xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda.
Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ning qarori (ajrimi) asosida tadqiqotlarni o‘tkazish muddati sud ekspertiza hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga ko‘ra 30 kun doirasida belgilanadi.
Mavzuga oid

18:29 / 16.03.2024
Dronlarni qonunga xilof ravishda olib kirganlik uchun jazo yengillashtirildi

20:40 / 19.02.2024
Qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilandi

18:30 / 26.07.2023
Go‘sht mahsulotlarini sotish mumkin bo‘lmagan holatlar eslatildi

19:36 / 03.07.2023