Osiyo kubogi U20. O‘zbekiston turnirni Suriya ustidan g‘alaba bilan boshladi
Osiyo kubogi U20 ochilishi marosimi doirasidagi 1-tur bahsida O‘zbekiston yoshlar jamoasi Suriyaga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Tribuna.uz
«Bunyodkor» stadionida o‘tgan bahsda Ravshan Haydarov shogirdlari ishonchli g‘alabaga erishdi.
37-daqiqada Abbosbek Fayzullayev jarima nuqtasidan yo‘llagan ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.
68-daqiqada esa «Bunyodkor» stadioni ikkinchi marta «larza»ga keldi. Bu safar ham Abbosbek Fayzullayevning burchak zarbasidan keyin suriyaliklar to‘pni o‘z darvozalariga joylab qo‘yishdi – 2:0.
A guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Indoneziya Iroqqa mag‘lubiyatga uchradi – 0:2.
Shu tariqa, O‘zbekiston va Iroq 1-turdan keyin guruhda bir xil natija bilan qo‘shhokimlik o‘rnatishdi. Bu jamoalar 4 mart kuni «Bunyodkor» stadionida 2-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keladi.
Osiyo kubogi. 1-tur. A guruhi.
1 mart (chorshanba)
O‘zbekiston U20 – Suriya U20 – 2:0
Hakamlar: Muhammad bin Nazaruddin (Malayziya)
Gollar: Abbosbek Fayzullayev 37, Zakariya avtogol, 68.
O‘zbekiston U20: 21. Otabek Boymurodov, 3. Abduqodir Husanov, 6. Jahongir O‘rozov, 7. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 8. Behruzbek Asqarov, 10. Umarali Rahmonaliyev, 13. Zafarmurod Abdurahmatov, 14.Abbosbek Fayzullayev, 15. Diyorbek Ortiqboyev, 17. Nodirbek Abdurazzoqov, 20. Mahmudjon Mahamadjanov.
Zaxira: 1.Edem Nemanov, 12. Asrorbek Kenjayev, 2. Izzatullo Po‘latov, 4. Abubakr Ashurov, 5. Javohir O‘tamurodov, 9. Shahzodjon Ne’matjonov, 11. Shahriyor Jabborov, 16. Shahzodbek Rahmatullayev, 18. Saidafzalxon Ahrorov, 19. Shahzod Akramov, 22. Sherzod Esanov, 23. Asadbek Jo‘raboyev.
Suriya U20: 1.Maksim Sarraf, 3. Xolid Al-Hajjah, 5. Amir Al-Fayod, 6. Malik Janir, 7. Hasan Usmon, 8. Mahmud Nayyef, 9. Zakariyo Ar-Ramazon, 10. Mahmud Al-Asvad, 12. Mahmud Manna, 14. Al-Mekdad Ahmad, 15. Muhammad Otman.
Indoneziya U20 – Iroq U20 – 0:2
Gollar: Haydar Abdulkarim 28, Muhammad Jamil 90+6.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

23:22 / 21.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto

15:51 / 21.04.2025
Prezident o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi g‘oliblarini unvon va medallar bilan taqdirladi

11:57 / 21.04.2025
Jahon chempionatida munosib ishtirok etasiz, deb ishonaman - Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempionlarini tabrikladi

00:22 / 10.04.2025