Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin YeIni Xitoy firmalariga qarshi sanksiya kiritish oqibatlari haqida ogohlantirdi
Xitoy Yevropa Ittifoqini Ukrainadagi urush munosabati bilan Bryussel Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritsa, ikki tomonlama munosabatlar yomonlashishi bilan tahdid qildi.

Foto: Flickrs/ Friends of Europe
Bu holatda Xitoy o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘radi, deya ma’lum qildi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, Pekin Xitoy-Rossiya munosabatlaridan savdo hamkorligiga zarar yetkazish uchun bahona sifatida ishlatiladigan har qanday harakatni rad etadi.
Financial Times nashrining yozishicha, Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga Xitoyning yetti kompaniyasiga nisbatan ham jazo choralarini – qurol ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tovarlar eksporti uchun kiritishni taklif qilgan.
Bu hafta Xitoy tashqi ishlar vaziri Tsin Gang Germaniya, Fransiya va Norvegiyaga tashrif buyuradi, deb xabar berdi xalqaro mojarolarda, jumladan, Ukrainadagi urushda vositachilik qilishga urinayotgan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.
Mavzuga oid

18:52 / 06.07.2025
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi

11:48 / 05.07.2025
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi

20:10 / 30.06.2025
Rossiya Yevropaning 15 ta OAV saytlariga kirishni chekladi

18:27 / 30.06.2025