Toshkentda restoranlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi
Yangihayot tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.
Kecha, 9 may kuni soat 22:04 da Toshkent shahar Yangihayot tumani Sputnik-7 hududida joylashgan hozirgi kunda ish faoliyatida bo‘lmagan restoranlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat soat 22:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:23 qurshab olingan va soat 22:33 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida restoranning 100 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025