Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda beshta tarixiy yodgorlikka qariyb 300 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Tarixiy obidalarda noqonuniy buzish va qazish ishlari o‘tkazilgan.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorlikka turli sabablarga ko‘ra 291,4 mlrd so‘mlik jiddiy shikast yetkazilgani aniqlandi.
Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilgani sababli, o‘rta asrlarga oid «Tepa 9» arxeologiya merosi obektiga 269,6 mlrd so‘mlik, «Qalai Mullabektepa» yodgorligiga 19,7 mlrd so‘mlik, «Amirtepa» yodgorligiga 1,1 mlrd so‘mlik, «Xo‘ja Haqqitepa» yodgorligiga 832 mln so‘mlik va «Tepa-5» yodgorligiga 202 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Xabarda yodgorliklarga zarar keltirgan shaxslar yoki tashkilotlar haqida ma’lumot berilmagan.
Buxoro viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

20:13 / 04.07.2025
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi

14:31 / 04.07.2025
Stolda pichoq, uning oldida mast odam, xodim telefon “titib” o‘tiribdi – Buxorodagi hodisada kim antiqahramon?

17:24 / 03.07.2025