O‘zbekiston | 20:42 / 06.07.2025
3360
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila kuchi 2 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi episentri Qorako‘l tumanida joylashgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, bugun, 6 iyul kuni soat 20:16 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Yer silkinishi episentri Toshkentdan 533 kilometr janubi-g‘arbda, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida. Chuqurlik 10 kilometr. Episentrda sezilish kuchi: 4 ball

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

● Gazli shahrida — 2 ball;

● Qorakol tumanida — 2 ball;

● Peshku tumanida — 2 ball.

Mavzuga oid