Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident maktablari yangi o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident maktablariga 2023/2024 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10 iyundan – 30 iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Prezident maktablariga quyidagi hujjatlar talab etiladi:
talabgorning:
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
- fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
- ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
- baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
- Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari «5» baho (a’lo) bo‘lishi lozim.
2023-2024 o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.
Mavzuga oid

14:49 / 01.07.2025
9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul boshlandi

12:43 / 26.06.2025
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi

10:48 / 19.06.2025
Yuridik litseylar bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

13:37 / 17.06.2025