«Manchester Siti» - ilk bor Chempionlar Ligasi g‘olibi

Foto: Getty Images
Yevropa Chempionlar Ligasida 2022/23 yilgi mavsum yakunlandi.
Istanbulda o‘tgan finalda «Manchester Siti» «Inter» bilan to‘qnash kelib, Rodrining yagona goli evaziga tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» o‘z tarixida ilk bor Yevropaning tengsiz klubiga aylandi, shuningdek, trebl qayd etdi. Gvardiola jamoasi bu mavsumda APL va Angliya Kubogida ham g‘olib chiqqandi.
YeChL. Final
Manchester Siti — Inter 1:0
10 iyun, Otaturk nomidagi Olimpiya stadioni
Gol: Rodri (68).
Manchester Siti – Ederson, Ake, Diash, Akanji, Stounz (Uoker, 82), Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Foden, 36), Grilish, Silva, Rodri, Holand.
Inter – Onana, Dumfris (Bellanova, 76), Darmian (D'Ambrozio, 84), Acherbi, Bastoni (Gozens, 76), Dimarko, Brozovich, Chalxono‘g‘li (Mxitaryan, 84), Barella, Jyeko (Lukaku, 57), Martines.
Ogohlantirishlar: Barella (59), Lukaku (83), Holand (90+2), Onana (90+2), Ederson (90+4).
Mavzuga oid

19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar

10:12 / 21.05.2025
«Siti» KDB bilan xayrlashdi va YeChLga yaqinlashdi

18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?

02:38 / 07.05.2025