Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parkent tumani prokurori Sharifjon Akbarov ishdan olindi
Prokurorning ishdan ketishiga uning tashabbusi bilan Parkent hokimining o‘rinbosarlaridan biri qamoqqa olingani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Foto: Parkent tumani hokimligi
14 iyul kuni Parkent tumani prokurori Sharifjon Akbarov ishdan olingan. Kun.uz manbasining xabar berishicha, prokurorning ishdan olinishiga aynan uning tashabbusi bilan Parkent tumani hokimining o‘rinbosarlaridan biri jinoyat ishi doirasida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani sabab bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, ko‘p o‘tmay hokim o‘rinbosari ozodlikka chiqarilgan, qamoqqa olish to‘g‘risida iltimosnomani kiritishda qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygani uchun prokuror Sharifjon Akbarov esa lavozimidan ozod etilgan.
Kun.uz bilan gaplashgan Parkent tumani hokimligi mas’ul xodimi hokim o‘rinbosari qamoqqa olinmaganini bildirdi. Tuman prokurorining ishdan olinganidan esa bexabarligini aytdi.
Toshkent viloyat prokuraturasi axborot xizmati xodimi esa tuman prokurori Sharifjon Akbarovning ishdan olinganini inkor etmadi. Shuningdek, buning sabablarini ochiqlamadi.
Sharifjon Akbarov – 2022 yil fevral oyida Parkent tumani prokurori lavozimiga tayinlangan. Unga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Mavzuga oid

14:24 / 05.07.2025
O‘zbekistonda Avstriya kompaniyasi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti quriladi

11:24 / 15.06.2025
Parkentda uch bola cho‘kib ketgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

20:35 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi

15:47 / 04.03.2025