Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya O‘zbekistonda bioyonilg‘i ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rganmoqda
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Bratislava shahrida Slovakiyaning AZC Group kompaniyasi biznesni rivojlantirish masalalari direktori Richard Sabo bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo
Richard Sabo AZC Group O‘zbekiston ishbilarmon doiralari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Tomonlar O‘zbekistonda o‘zaro hamkorlikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va bioyonilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi.
Joriy yil sentabr oyida Richard Saboning O‘zbekistonga amaliy safarini uyushtirish va taklif etilgan loyihalar bo‘yicha mahalliy davlat organlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.
AZC Group 2003 yilda tashkil etilgan. Kompaniya bioyonilg‘i, etanol, ichimliklar, axborot texnologiyalari, yoqilg‘i, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, transport (poyezdlar va yuk mashinalari), logistika hamda hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatadigan 30 ga yaqin korxonalarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid

18:02 / 23.06.2025
Vengriya va Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishini blokladi

11:57 / 19.06.2025
Kiyevga harbiy yordam ishi: Slovakiyada 8 kishi qo‘lga olindi

16:56 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya bosh vaziri birgalikda daraxt ekdi

16:24 / 09.06.2025