Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyn «Bavariya»ga o‘tishi hal bo‘ldi
Angliyalik 30 yoshli hujumchi ilk bor Angliyadan tashqarida o‘ynaydi.

Foto: CHARLIE CROWHURST/GETTY IMAGES
«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn «Bavariya»ga o‘tishga rozilik berdi. Bu ma’lumotni insayder Fabritsio Romano tasdiqladi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, «shporlar» forvard uchun 100 million yevro oladi, yana 20 million yevro miqdorida bonuslar ko‘zda tutilgan.
30 yoshli angliyalik futbolchi myunxenliklar klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Bugun u Germaniyaga yo‘l olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Shu tariqa, 30 yoshli hujumchi ilk bor xorij chempionatida o‘ynab ko‘radi.
Insayder Florian Plettenbergga ko‘ra, Keyn «Bavariya» safida 12 avgust kuni Germaniya Superkubogi uchun «RB Leypsig» klubiga qarshi kechadigan o‘yindayoq maydonga tushishni istamoqda.
Avvalroq jurnalist Mettyu Lou Keyn myunxenliklar rahbariyati uchun dedlayn belgilagani xabar qilingandi.
2022/23 yillar mavsumida ushbu forvard londonliklar safida 49 o‘yin o‘tkazib, 32 gol urgan va 5 golga uzatma bergandi. Uning klub bilan hozirgi shartnomasi keyingi yil yozigacha tuzilgandi.
Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi

18:38 / 06.07.2025
Yevropa grandlari bu forvardlar uchun navbatda. Kim qayerga o‘tadi?

09:30 / 06.07.2025
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi

15:05 / 28.06.2025