Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi
Ro‘yxatga olish 10 sentabrga qadar davom etadi.

Foto: Kun.uz
2023 yil 10 avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida «Professional ta’lim muassasalariga qabul» bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
Ro‘yxatga olish 10 sentabrga qadar (10 sentabr kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 10 sentabrga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq 2023-2024-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 109 546 ta qabul kvotasi tasdiqlangandi.
Shundan: 123 ta kollej uchun — 41 ming 330 ta; 216 ta texnikum uchun — 68 ming 216 ta.
Kollejlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi 19 814 ta etib belgilandi. Shundan: davlat granti asosida — 9 815 ta; to‘lov-kontrakt asosida — 9 999 ta.
Kollejlarga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi 15 953 ta etib belgilandi. Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Kollejlarga kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 462 ta etib belgilandi. Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

14:49 / 01.07.2025
9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul boshlandi

12:43 / 26.06.2025
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi

10:48 / 19.06.2025
Yuridik litseylar bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

13:37 / 17.06.2025