Toshkent viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Avgust oyi boshida Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Fayziyev ishdan olingandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Ohangaron tumanining sobiq hokimi Abdurasul Abdullayev Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.
Abdurasul Abdullayev 1968 yil Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. 1991 yili Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Markaziy bank Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i, «Ipoteka-bank» ATIB boshqaruvi raisi, «O‘zsanoatqurilishbank» OATB boshqaruvi raisi sifatida ishlagan. 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi etib tayinlangan. 2019 yilda u Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori etib tayinlangan. 2020 yilda Ohangaron tumaniga hokim bo‘lgan.
Avvalroq, avgust oyi boshida Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Fayziyev ishdan olingandi. Bu haqda prezidentning viloyatga tashrifi doirasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Muzaffar Fayziyev 2020 yil noyabrida Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid

18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025