Jahon | 10:16 / 06.09.2023
3282
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya o‘z qo‘shinlari bir qismini Nigerdan olib chiqib ketish bo‘yicha muzokara boshladi

Manbalarning aytishicha, Fransiya va Niger terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni to‘xtatgan.

Foto: Reuters

Fransiya hukumati Niger harbiylari bilan o‘z qo‘shinlarining bir qismini mamlakatdan olib chiqib ketish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Le Monde o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, gap Fransiya harbiy kontingentining bir qismini mamlakatdan olib chiqib ketish haqida ketmoqda, ularning umumiy soni Nigerda 1500 nafarni tashkil etadi. 

Bundan tashqari, manbalar Fransiya va Niger terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. 

Biroq gazeta fransuz qo‘shinlarini Nigerdan olib chiqish aynan qachon boshlanishi va birinchi bosqichda qancha askar mamlakatni tark etishiga aniqlik kiritmadi. 

 

Mavzuga oid