26 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan «Hududgaz Buxoro» mansabdorlari qamaldi
Jinoyat ishi bo‘yicha Kogon tuman sudi tomonidan tabiiy gazni talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha hukm o‘qildi.
Qayd qilinishicha, «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti korxonasi metrologiya xizmati boshlig‘i M.H. va metrologiya xizmati yetakchi muhandisi A.A. mansab vakolatlaridan foydalanib, ikkita xususiy korxona (gaz quyish shoxobchasi) rahbarlari bilan «jinoiy til biriktirgan».
Jumladan, ular gaz quyish shoxobchalaridagi «Avtopilot-PRO» gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilgan xona eshigining tamg‘alanishini ta’minlamagan. Shuningdek, gaz hisoblagich uskunasidagi impuls trubkasi tamg‘asini o‘g‘rilik qilish maqsadida hech qanday hujjatsiz almashtirgan. Oqibatda, 26,1 mlrd so‘mlik juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni o‘g‘irlab, yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti korxonasi xodimlarining har biri 9 yilga, xususiy korxona rahbarlari 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Shuningdek, ayblanuvchilar tomonidan 6 mlrd so‘m zarar qoplangani sababli, qolgan 20,1 mlrd so‘m zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.
Mavzuga oid

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

19:05 / 12.05.2025