Buxoroda MIB xodimini urib, mashinasini yoqqan shaxs qamoqqa olindi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
G‘ijduvon tumanida fuqaro va xizmat vazifasini bajarayotgan MIB xodimi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, MIB G‘ijduvon tumani bo‘limi davlat ijrochisi Z.Z.ning ish yurituvida qarzdor “Fayzullo Xubiddin Fayz-bir” MChJdan “Hududgazta’minoti” AJ foydasiga kommunal qarzdorlik hamda davlat foydasiga soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lgan.
MIB xodimi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun 14 sentabr kuni qarzdor M.F.ning xonadoniga borgan. Qarzdor to‘sqinlik qilib, MIB xodimini qasddan urgan. Shuningdek, temir bo‘lagi bilan uning boshqaruvidagi Lacetti mashinasi oynalari sindirib, orqa o‘rindig‘iga o‘t qo‘yib yuborgan.
Ushbu harakatlari uchun qarzdor M.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi, 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 3-qismi “a” bandi va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Mavzuga oid

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:03 / 11.05.2025