Jamiyat | 09:54
4192
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

Buxoro shahri Bahouddin Naqshband ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida yong‘in ro‘y berdi. Uyning kirish eshigi va yo‘laklari yong‘in tutuni bilan qoplangani sababli 1-2-3-qavatlardagi xonadonlardan 9 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan.

Foto: FVB

Kecha, 8 iyul kuni soat 16:47 da Buxoro viloyati, Buxoro shahar «A.G‘ijduvoniy» MFY, B.Naqshband ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:51 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:03 da to‘liq o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yerto‘lada taxminan 20 kv m maydonda chiqindi yongan.

Yong‘in natijasida ko‘p qavatli uyning kirish eshigi va yo‘laklari yong‘in tutuni bilan qoplangani sababli 1-2-3-qavatlardagi xonadonlardan 9 nafar fuqaro FVV qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan evakuatsiya qilinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Mavzuga oid