Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda birinchi marta fazoda chiqindi qoldirgan kompaniya jarimaga tortildi
Dish Network kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshni «fazoviy chiqindiga» aylantirgani sababli 150 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi.

Foto: ESA
AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) EchoStar-7 sun’iy yo‘ldoshini noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilgani uchun Dish Network kompaniyasiga 150 ming dollar miqdorida jarima soldi. Kompaniya 2002 yildan beri koinotda bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshni «orbitadan to‘g‘ri tushirib yubora olmaganlikda» ayblangan.
FCC ma’lumotlariga ko‘ra, Dish kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshni ishlash muddati tugashi bilan orbitasini ko‘proq pasaytirib yuborgan, oqibatda «orbital chiqindi sifatida xavf tug‘dirishi» tahdidi yuzaga kelgan. Bunga sun’iy yo‘ldoshda yoqilg‘i tugagani sabab qilib ko‘rsatilgan. Hozir qurilma «fazoviy chiqindiga» aylanib qolgan.
FCC Majburiy ijro byurosi rahbari Loyan Igalning ta’kidlashicha, bu odamlarning fazoni tez o‘zlashtirishi bilan bog‘liq qaror. Uning so‘zlariga ko‘ra, FCC fazoviy chiqindilar tarqalishiga qarshi agressiv kurashni davom ettiradi.
Qayd qilinishicha, jarima kompaniya faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishi dargumon — Dish Network 2022 yilda 16,7 milliard dollar daromad olgan. Jarima ko‘proq «ogohlantirish» xususiyatiga ega ekani aytilmoqda.
Yevropa kosmik agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, Yer orbitasida 1 sm dan kichik bo‘lgan taxminan 128 million parcha, 1–10 sm o‘lchamdagi 900 ming va 10 sm dan kattaroq taxminan 34 ming bo‘lak bor. Ularning har biri fazoviy apparatlar bilan to‘qnashib, avariyaga sabab bo‘lishi mumkin. Kundalik xizmatlar uchun sun’iy yo‘ldoshlarga qaramlik kuchayib borayotgani hisobga olinsa, bunday to‘qnashuvlar Yer uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025