O‘zbekiston | 17:02 / 11.10.2023
18015
1 daqiqa o‘qiladi

Uchtepada uch kishini tuproq bosib qolgani taxmin qilinmoqda

Toshkent shahri Uchtepa tumanida o‘pirilish yuz berishi oqibatida uch kishi tuproq ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. FVV matbuot xizmati hodisa yuzasidan dastlabki ma’lumotni taqdim etdi.

«Bugun, 11 oktyabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Beshqayrag‘och ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketgani taxmin qilinmoqda. 

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadi 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Voqea joyiga shahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari chiqishgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid