FVVga portlash xavfi yuqori moddalarni saqlashni nazorat qilish vazifasi yuklandi
Vazirlikda yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘limi hamda bo‘linmalari tashkil etiladi.

Foto: Kun.uz
“Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash, tashish, ulardan foydalanish va yo‘q qilish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, ushbu sohada belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari yuklandi.
Vazirlikda yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘limi hamda bo‘linmalari tashkil etiladi.
2024 yil 1 yanvardan:
- respublikaga olib kirilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan kimyoviy moddalar va ularni olib kiruvchi sub’yektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vazirlikka real vaqt rejimida taqdim etib boriladi;
- kimyoviy moddalar faqat favqulodda vaziyatlarning (yong‘inlarning) oldini olish va sanoat xavfsizligi talablariga javob beradigan omborlarda saqlanishiga ruxsat beriladi.
Respublikaga kimyoviy moddalarni olib kiruvchi sub’yektlar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan kimyoviy moddalar va ularni saqlash joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish imkoniyatiga ega bo‘lgan axborot platformasi yaratiladi.
2024 yil 1 yanvardan O‘zbekistonga kimyoviy moddalarni olib kirish, tashish, saqlash, ulardan foydalanish va yo‘q qilishda belgilangan talablarga rioya etilishini doimiy nazorat qilishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
Bojxona qo‘mitasi kimyoviy moddalarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazadi hamda 1 kun muddatda Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kimyoviy moddalar turi, miqdori va ularni olib kiruvchi sub’yekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markaziga taqdim etadi;
kimyoviy moddalarni olib kiruvchi sub’yektlar ushbu moddalar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan kunning o‘zida axborot platformasi orqali kimyoviy moddalarning saqlanadigan joyi (ombor) haqidagi ma’lumotlarni Milliy markazga taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10
-
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi
Jahon | 21:44
Mavzuga oid

18:54 / 01.06.2025
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

17:00 / 03.05.2025