Farg‘onada dahshatli avariya: 2 ayol vafot etdi, 4 nafar yo‘lovchi kasalxonada
21 noyabr kuni ertalab Uchko‘prik tumanida "Isuzi" svetoforda to‘xtab turgan Damas bilan to‘qnashdi. Natijada yo‘lovchilar: 2 nafar ayol voqea joyida vafot etdi, yana 2 nafar voyaga yetmagan qizlar, 1 nafar ayol va haydovchi, jami 4 kishi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB
21 noyabr kuni ertalab 8:20 larda Uchko‘prik tumani, Mehnatobod MFY hududida 23 yoshli haydovchi Sh.E “Isuzi” rusumli avtomobilida oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan Damas bilan to‘qnashdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida “Damas” avtomashinasi yo‘lovchilari 1987 y.t. M.D va 1988 y.t. G.Q. (ayol)lar tan jarohati olib, voqea joyida vafot etan.
Shuningdek, hodisa oqibatida yana 2 nafar voyaga yetmagan qizlar, 1 nafar ayol va haydovchi, jami 4 nafar shaxslar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Sh.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda vafot etganlar soni ko‘proq bo‘lgani va bolalar ham vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Farg‘ona viloyati IIB matbuot kotibi YTHda bolalar vafot etganini rad qildi.
Mavzuga oid

07:40 / 31.05.2025
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi

19:54 / 29.05.2025
Angrenda ayanchli YTH: ota va uning farzandi halok bo‘ldi

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

19:03 / 28.05.2025