Oltin narxi oshib bormoqda va 2000 dollarga yaqinlashdi
Nyu-York birjasida qimmatbaho metallning 1 troy unsiyasi uchun 1999,6 dollar taklif qilinmoqda.

Foto: Sven Hoppe/picture alliance via Getty Images
Dollar kursining pasayishi fonida oltin narxi asta-sekin ko‘tarilib bormoqda, deb xabar berdi Interfax. Qayd qilinishicha, 24 noyabr kuni Nyu-York Comex birjasida dekabr shartnomalari kotirovkalari 0,3 foizga oshgan va 1 troy unsiyasi uchun 1999,6 dollarni tashkil etgan.
Qayd qilinishicha, AQSh dollarining oltita asosiy jahon valutalariga nisbatan qiymatini ko‘rsatuvchi DXY indeksi juma kungi savdolar chog‘ida 0,5 foizga pasaygan. Kuchsiz dollar esa boshqa valuta egalari uchun oltinning investitsion jozibadorligini oshiradi.
O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri sanaladi. 2023 yilning 10 oyida O‘zbekiston 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘p.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotgan.
Mavzuga oid

14:13 / 01.07.2025
Rossiyadagi oltin qazib olish konserni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etadi

13:06 / 25.06.2025
6,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi, keskin oshib borayotgan gaz eksporti – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

15:34 / 10.06.2025