Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan bodom va yong‘oq sotib olishni rejalashtiryapti
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan quruq mevalar eksporti hajmini oshirishga qiziqish bildirmoqda.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonning Jiddadagi bosh konsulligida Mahmasah Tasali Marsa Matrooh Company for nuts kompaniyasi bosh direktori Labib Muhammad Saad bilan muzokaralar o‘tkazildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda yetishtirilgan quruq mevalar, bodom va yong‘oq mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga eksportini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Labib Muhammad Saadning aytishicha, u rahbarlik qilayotgan kompaniya quruq mevalar va yong‘oq mahsulotlari eksporti hamda importi bilan shug‘ullanadi. Ma’lum qilinishicha, kompaniya savdo tarmoqlari podshohlikning Ar-Riyod, Jidda, Makka, Dammam, Al-Xubar va Al-Qurayta shaharlarida faoliyat yuritadi.
- Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda meva-sabzavotlarni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha katta tajriba to‘plangan, - dedi u. - Ular o‘z sifati va ta’mi jihatidan arab bozorlari e’tiborini tortmoqda. Biz ekologik sifatli mahsulotlar va «sog‘lom ovqatlanish» dasturi doirasida quruq mevalar, bodom va yong‘oqlarni O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga olib kelishni rejalashtiryapmiz.
Muzokaralar yakunida quruq mevalar, bodom va yong‘oq eksporti bilan shug‘ullanadigan O‘zbekistonning yirik kompaniyalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tegishli tashkilotlar bilan muzokaralarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

08:34 / 04.07.2025
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

16:33 / 19.06.2025
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi

10:38 / 12.06.2025