AQSh NUJ haqidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qiladi
Tegishli qonun imzolash uchun prezident Jo Baydenga yuborildi.

Foto: The New York Times
AQSh Kongressi noma’lum uchar jismlar (NUJ) haqidagi ma’lumotlarning sirini ochishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Qayd qilinishicha, qonun AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolanganidan keyin kuchga kiradi. Yangilik noma’lum anomal hodisalar, kelib chiqishi noma’lum texnologiyalar va insoniy bo‘lmagan aql bilan bog‘liq davlat hujjatlarining ommaga e’lon qilinishini nazarda tutadi.
Hujjatlar yaratilganidan keyin 25 yil ichida nashr etilishi kerak, deyiladi qonunda.
Kongress tomonidan qabul qilingan qonun loyihasining yakuniy versiyasiga, agar prezident ma’lumotlar milliy xavfsizlikka tahdid solayotganini aniqlasa, uni yashirishga ruxsat beruvchi band qo‘shildi.
Bungacha AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) o‘n yillar davomida noma’lum uchuvchi jismlarni (NUJ) qidirib kelgan maxsus maxfiy bo‘limga ega edi.
Mavzuga oid

16:47
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

13:59
AQSh nodavlat tashkiloti HAMASni o‘z xodimlarini o‘ldirishda aybladi

09:34
«Ozodlik radiosi»ning dasturlari translatsiyasi to‘xtatildi

23:40 / 12.06.2025