Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri Fitch reytingiga qaytishi mumkin
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Fitch’ning poytaxt reytingini aniqlash jarayonidagi ishtirokini tiklash uchun choralar ko‘rish haqida qaror qabul qildi. Avvalroq, xalqaro reyting agentligi yetarli ma’lumotlar mavjud emasligi sababli Toshkentning kredit reytingini bekor qilgandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi hokimlikning shahar reytingini baholash uchun Fitch Ratings xalqaro reyting agentligini jalb etish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi.
“Fitch Ratings reyting agentligining so‘roviga ko‘ra, 5 kun muddatda Toshkent shahrining xalqaro reytingdagi o‘rnini baholash uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishi ta’minlansin”, deyiladi qarorda.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari poytaxtning xalqaro reytingdagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha Fitch Ratings agentligi bilan kelishuv bitimini imzolash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, 2019 yilning iyun oyida Fitch Ratings agentligi Toshkentga suveren reyting darajasida “Barqaror” prognozi bilan uzoq muddatli “BB-“ reytingini bergandi. 2023 yilning dekabr oyi boshida agentlik Toshkentning kredit reytinglari qaytarib olinishini e’lon qildi. Bunga sabab sifatida poytaxtning reyting jarayonida ishtirok etmaslikka qaror qilgani keltirib o‘tilgandi.
Fitch Ratings AQSh moliyaviy korporatsiyasi bo‘lib, Standard & Poor’s va Moody’s reyting agentliklari bilan bir qatorda, uchta eng nufuzli xalqaro reyting agentligidan biri sifatida ma’lum. Bunday agentliklardan ijobiy reyting olish shahar yoki davlatning investorlar oldida moliyaviy ishonchliligi kafolati hisoblanadi.
Mavzuga oid

20:34 / 13.07.2025
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

17:53 / 12.07.2025