Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “prava”siz mashina boshqarib, ko‘chada drift qilganlar 15 sutkaga qamaldi
19 va 20 yoshli yigitlar yarim tunda Chilonzor tumani hududida xavfli driftlarni amalga oshirib, avariyali holatlarni yuzaga keltirgan. O‘rganish ishlari davomida ularning haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitlar Cobalt va Gentra mashinalarida tanasini tashqariga chiqargan holda xavfli driftlarni amalga oshirgani aks etgan video tarqaldi. O‘rganish davomida ushbu holat poytaxtning Chilonzor tumani hududida sodir etilgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 1 yanvar kuni soat 00:10 lar atrofida bir guruh yoshlar Chilonzor tumani hududida mashina boshqarib, drift qilgan holda o‘zlari va atrofdagilarga xavf tug‘dirgan. Ushbu harakatlarni sodir etgan 4 yigit o‘sha yerda xizmat vazifasini olib borayotgan ichki ishlar xodimining qonuniy talabiga ham bo‘ysunmagan.
O‘rganish davomida mashinalarni boshqargan 19 va 20 yoshli yigitlarning haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi, shunday bo‘lishiga qaramay ular mashinani ko‘chaga ota-onasining ruxsati bilan haydab chiqqani aniqlangan. Jumladan, Cobalt haydovchisi mashina dadasining nomida ekanini, uni yuvish uchun olib chiqqanini ta’kidlagan.
2 nafar voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan chora ko‘rilib, profilaktika ishlari olib borilgan. 4 nafar qoidabuzarga esa jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid

23:57 / 17.07.2025
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

22:53 / 17.07.2025
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov

21:19 / 17.07.2025
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi

18:22 / 15.07.2025