Jahon | 20:50 / 18.01.2024
8502
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘g‘ulistonda Chingizxon imperiyasi poytaxti o‘rnida yangi shahar quriladi 

U Mo‘g‘ulistonning yangi poytaxti bo‘ladi. Ulan-Bator shahridagi barcha idoralar yangi poytaxtga ko‘chiriladi. 

Xarxorum

Mo‘g‘ulistonda Chingizxon imperiyasi poytaxti Qoraqurum (Xarxorum) shahri o‘rnida yangi, 500 ming aholi uchun mo‘ljallangan aqlli shahar quriladi. Mamlakat hukumati shu maqsadda 189 ming gektar yerni davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘ydi. U mamlakatning yangi poytaxtiga aylanadi. 

2023 yil kuzida Mo‘g‘uliston hukumati Qoraqurum konsepsiyasini mamlakatning yangi ma’muriy markazi sifatida taqdim etgan edi. Uning maydoni 25 ming gektardan ortiq bo‘ladi, bu Ulan-Batordan 2,6 baravar katta. Uch qavatli prezident saroyi yangi shaharda 60 gektar maydonni egallaydi. Hukumat va vazirliklar bosqichma-bosqich Ulan-Batordan Qoraqurumga ko‘chishi kutilmoqda. 

500 ming aholiga mo‘ljallangan aqlli shahar konsepsiyasida yo‘llarning 70 foizi piyodalar, velosipedchilar va jamoat transporti, 30 foizi esa avtomobillar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi nazarda tutilgan. Xalqaro aeroport Qoraqurumdan 50 km uzoqlikda quriladi va Chingizxonning nabirasi Munx-xon nomi bilan ataladi. 

Qoraqurum Chingizxon buyrug‘i bilan 1220 yilda barop etilgan va 1235-1260 yillarda Mo‘g‘ullar imperiyasining poytaxti bo‘lgan. Chingizxon o‘limidan keyin poytaxt Kaypin shahriga ko‘chirilgan. Shundan so‘ng, Qoraqurum rivojlanishdan to‘xtab qolgan. Hozirgi vaqtda kichik qishloq ko‘rinishida bo‘lib, 10 mingga yaqin odam istiqomat qiladi. 

Mavzuga oid