HAMAS Isroil qo‘shinlari chiqib ketgan hududlarni yana nazorat qila boshladi
Harakat vakillari ma’muriy boshqaruvni qo‘lga olgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Anadolu Agency
Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorining shimoliy va markaziy qismlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni qaytadan boshladi. Bu haqda KAN Isroil davlat televideniyesiga tayanib Anadolu xabar berdi.
HAMAS Isroil armiyasi tomonidan tashlab ketilgan hududlarda fuqarolik boshqaruvini qo‘lga oldi, dedi rasmiylar.
Xabarda qayd etilishicha, G‘azo sektoridagi urushdan keyingi davrga oid qarorlarning yo‘qligi HAMAS harakatiga davlat xizmatlari sohasida kuchayishiga yordam bergan.
Urush kabi favqulodda vaziyatlar uchun tuzilgan favqulodda qo‘mitalar bilan bir qatorda, avvalroq HAMAS nazoratida bo‘lgan munitsipal idoralar ham shimoliy va markaziy hududlarda o‘z faoliyatini qayta boshlagan.
Isroil G‘azodagi urushdan maqsad HAMAS harakatini yo‘q qilish va garovdagilarni ozod etish ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Biroq 7 oktyabrdan beri davom etayotgan urushda shu paytgacha bu maqsadlarning birortasiga erishilmagan.
Mavzuga oid

20:00
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?

18:20
Isroildagi xorijliklar vizasi muddati avtomatik tarzda uzaytirildi

17:13
O‘zbekiston TIV Eron–Isroil mojarosi haqida fikr bildirishda tavsiyalar berdi

15:11