Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch hududda noqonuniy valuta savdosiga chek qo‘yildi
Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a va Amudaryo, Navoiyning Xatirchi tumanida valuta qimmatliklari noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.U. va M.K. jami 4 ming dollarni fuqaro M.T.dan 49,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi departament hamda DXXning Amudaryo tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan G‘.Sh. jami 3,5 ming dollarni fuqaro X.B.dan 43,5 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.T. va N.R. fuqaro G.J.ga 3 ming dollarni 37,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

22:56 / 20.06.2025
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?

16:51 / 18.06.2025
Dollarning rasmiy kursi oxirgi 10 oylikdagi eng past darajaga tushdi

15:08 / 01.06.2025
Bolgariyada valutaning yevroga o‘zgarishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

22:31 / 28.04.2025