Ruminiya prezidenti NATO bosh kotibi bo‘lmoqchi
Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis 12 mart kuni NATO bosh kotibi bo‘lmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Foto: Reuters
«NATO bosh kotibi bo‘lish uchun kurashda qatnashishga qaror qildim. O‘z nomzodimni faxr bilan butun Ruminiya nomidan ko‘rsataman», degan Yoxannis Buxarestdagi matbuot anjumani davomida.
Avvalroq NATOning qator davlatlari alyans bosh kotibi lavozimini Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte egallashini qo‘llayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Germaniya, Britaniya va AQSh ham niderlandlar yetakchisi nomzodini qo‘llashi kutilmoqda.
Ayni damda NATO bosh kotibi bo‘lib turgan Yyens Stoltenbergning vakolati joriy yil oktyabr oyida yakuniga yetadi. Norvegiyalik siyosatchining vakolati o‘tgan yil Ukrainadagi urush sabab bir yilga uzaytirilgandi.
Ma’lumot uchun, NATO bosh kotibini tanlash uchun saylov tizimi joriy etilmagan. Alyans yetakchisi a’zo davlatlar o‘rtasidagi umumiy konsensus asosida tanlanadi.
Mavzuga oid

23:21 / 03.06.2025
NATO Yevropa davlatlaridan havo hujumidan mudofaa kuchlarini besh baravar kuchaytirishni so‘raydi

08:20 / 03.06.2025
Zelenskiy: Kiyev NATO sammitiga taklif oldi

12:25 / 31.05.2025
AQSh maxsus elchisi NATOning sharqqa kengayishi to‘xtashini istisno etmadi

08:50 / 30.05.2025