Toshkentda avtobus yonib ketdi
Sergeli tumani Lutfkor ko‘chasida Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Sergeli tumanida Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in kelib chiqdi.
2024 yilning 15 iyun kuni soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfkor ko‘chasida Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
“Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB xabarida.
Mavzuga oid

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

19:08 / 13.05.2025