Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida ikkita avtomobil yonib ketdi
25 iyun kuni soat 09:34 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Porloq ko‘chasida «Spark» rusumli avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Foto: FVB
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 09:42 da yetib borib, yong‘in soat 09:45 da o‘chirildi.
Yong‘in natijasida aytilgan manzilda «Spark» avtomobili to‘liq yonib zararlangani hamda «Spark» avtomobili yonida turgan «Kobalt» avtomobilining yon tomoni kuzov qismi yonib zararlangani aniqlandi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

11:29 / 09.08.2025
Urganchda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

12:27 / 08.08.2025
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

10:42 / 06.08.2025
Gulistondagi musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi

14:47 / 05.08.2025