Maxsus iqtisodiy zonalarda yerni onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi bekor qilinadi
Maxsus iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun loyihalarni tanlash va investorlarga yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha vakolatlar hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Prezidentning «Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, sanoat zonalarini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali tadbirkorlik muhitiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish bo‘yicha yagona regulyator (vakolatli organ) etib Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi belgilanmoqda, sanoat zonalarini boshqarish mahalliy hokimliklar, Savdo sanoat palatasi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Loyihaning ijrosi bilan bog‘liq kutilayotgan natijalar:
- maxsus iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun loyihalarni tanlash va investorlarga yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha vakolatlar hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus iqtisodiy zonalarda yer uchastkasini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibi bekor qilinadi;
- sanoat zonalarida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni aniq belgilagan holda yer uchastkalarini elektron auksionga chiqarish hamda loyihalarni joylashtirish mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etiladi;
- maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish direksiyalari (farmon qabul qilingunga qadar xususiy boshqaruvga berilgan maxsus iqtisodiy zonalar bundan mustasno) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga o‘tkaziladi;
- maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

11:33 / 28.03.2025