Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi
Talabgorlar 1 iyuldan magistratura bosqichiga qabul uchun ariza topshirishlari mumkin. Hujjatlar qabuli magistr.edu.uz platformasi orqali 30 iyulgacha davom etadi.

Saytdan skrinshot
Bugun, 1 iyuldan 2024/2025 o‘quv yili davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar magistr.edu.uz platformasi orqali topshiriladi. Qabul 30 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq qabulga oid prezident farmoni e’lon qilingan edi. Unda OTM magistraturasiga qo‘yilgan chet tili talabi yo‘nalishlarga qarab pasaytirilishi ma’lum qilingandi. Ungacha filologik yo‘nalishlar uchun C1 daraja, qolgan barcha yo‘nalishlar uchun esa B2 daraja talab qilingan.
Mavzuga oid

21:59 / 07.07.2025
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi

14:49 / 01.07.2025
9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul boshlandi

12:43 / 26.06.2025
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi

10:48 / 19.06.2025