Vengriya O‘zbekiston mahsulotlarining Yevropa bozoriga kirishi uchun hab vazifasini bajarishga tayyor
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Gilan Trading Kft kompaniyasi egasi Umar Sharxon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muzokaralar davomida Gilan Trading Kft kompaniyasi quritilgan meva va sabzavotlarni qayta ishlash va sotish borasida nafaqat Vengriya, balki Yevropa bozorlarida ham yetakchi ekani ma’lum qilindi.
Umar Sharxon mamlakatda quritilgan meva va sabzavotlarni eksport qiluvchi korxonalarga qayta ishlash va qadoqlash jarayonlarini sifatli amalga oshirishda o‘z maslahatlarini berishga hamda O‘zbekistonning Yevropa bozoriga kirishi uchun hab vazifasini bajarishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha menejeri Piter Deminger o‘z intervyusida Yevropa bozorlariga quritilgan mevalarni yetkazib berishda O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat qaratishini ta’kidladi:
– Mamlakatingiz bilan hamkorlik bo‘yicha ma’lum tajribaga egamiz. Biroq bugungi kunda O‘zbekistondan sotib olayotgan mahsulotlarimiz yetarli darajada emas. Biz ularni kengaytirishga tayyormiz. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mevalarining markaziga aylanishdan manfaatdormiz. Kompaniyamiz Lidl, Aldi, Spar, Metro va boshqalar kabi Yevropaning eng yirik tarmoqlariga quritilgan mevalarning asosiy yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston elchisi bilan mamlakatingizdan quritilgan mevalar yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni atroflicha muhokama qildik.
Mavzuga oid

18:02 / 23.06.2025
Vengriya va Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishini blokladi

23:14 / 09.06.2025
Vengriya migrantlarni kiritmaslik uchun kuniga 1 mln yevro to‘lashga tayyor - Viktor Orban

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

17:20 / 28.05.2025