Toshkentda O‘zbekiston va Polsha ishbilarmon ayollari biznes-forumi boshlandi
Tadbir O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida davom etayotgan hamkorlik haftaligi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: dunyo.info
Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) O‘zbekiston-Polsha ishbilarmon ayollari biznes-forumi boshlandi.
Onlayn va oflayn formatda o‘tkazilayotgan forumda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston hukumati, vazirlik, idora va tashkilotlar mas’ul xodimlari, xalqaro tashkilotlar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, olimlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosarlari, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari va boshqalar ishtirok etmoqda.
Polsha delegatsiyasiga Polsha Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi Bojyena Jyelazovska, Polsha Ayollar ligasi assotsiatsiyasi raisi Aldona Mixalyak va Polsha Ayollar ligasi assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Silviya Rujitska boshchilik qilmoqda.
Forumni O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbir O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida davom etayotgan hamkorlik haftaligi doirasida bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, haftalik doirasida Xorazm viloyatida O‘zbekiston-Polsha qo‘shma biznes-forumi, Toshkent va Urganchda mashhur polshalik xonanda Anna Germanning O‘zbekistonda yaratilgan qo‘shiqlaridan iborat «Muhabbat sadosi» konsert dasturi, O‘zbekiston va Polsha tarixchilar komissiyasining yig‘ilishi, shuningdek, qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

17:16 / 02.06.2025
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi

09:30 / 02.06.2025
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda

11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi

21:54 / 15.05.2025