Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda
Polshadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida tarixchi Karol Navrotskiy Varshavaning liberal meri Rafal Tshaskovskiy ustidan g‘alaba qozonganligi haqida natijalar qayd etildi. Saylovchilarning 71,7 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. Markaziy saylov komissiyasi ovozlarni sanashda davom etmoqda.

Karol Navrotskiy Foto: EPA/TASS
Milliy konservativ «Qonun va adolat» partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tarixchi Karol Navrotskiy Polshadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Buni 2 iyun, dushanbaga o‘tar kechasi Polshaning PAP axborot agentligi, Polsat media kompaniyasi, shuningdek, TVN va TVP telekanallari tomonidan e’lon qilingan IPSOS institutining yangilangan ekzitpol ma’lumotlari tasdiqlaydi.
Polshadagi saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 21:00 da yopildi. Yangilangan ekzitpol ma’lumotlariga ko‘ra, 42 yoshli Karol Navrotskiy 51 foiz ovoz to‘plamoqda. Uning 53 yoshli raqibi, liberal "Fuqarolik platformasi"dan nomzod va Varshava meri Rafal Tshaskovskiyni saylovchilarning 49 foizi qo‘llab-quvvatladi. Saylov uchastkalari yopilganidan so‘ng dastlabki daqiqalarda ekzitpollar natijalari Tshaskovskiyning (50,3 foiz) Navrotskiyni (49,7 foiz) ortga qoldirayotganini ko‘rsatdi.
Saylovning ikkinchi bosqichida yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 71,7 foizi ishtirok etdi. Avvalroq saylovchilarning qatnashganlik darajasida 72,8 foiziga baholangan edi.
18 may kuni bo‘lib o‘tgan saylovning birinchi bosqichida Tshaskovskiy 31,36 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongandi. Navrotskiyni saylovchilarning 29,54 foizi qo‘llab-quvvatladi. Opinia24 instituti tomonidan 29 may kuni e’lon qilingan so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, ikkinchi turda Tshaskovskiyga 47,4 foiz, Navrotskiyga 46,3 foiz ovoz berilishi taxmin qilingan.
Mavzuga oid

17:16 / 02.06.2025
Polsha prezidentlik saylovida Karol Navrotski g‘alaba qozondi

11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi

21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi

11:04 / 10.05.2025