AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar umumiy maqsadlarga erishish uchun mintaqa davlatlari bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Foto: X / SecBlinken
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Markaziy Osiyo davlatlari vakillari bilan uchrashib, S5+1 platformasi doirasidagi taraqqiyot va hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi. Davlat kotibi bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Blinken Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo mustaqilligi, farovonligi va xavfsizligini saqlashga qaratilgan umumiy maqsadlarga erishish uchun mintaqa davlatlari bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanini ta’kidladi.
«S5+1 platformasi Markaziy Osiyoning beshta davlati — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni hamda Qo‘shma Shtatlarni umumiy muammolarni hal qilish va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun birlashtiradi», deb yozdi Blinken.
Mavzuga oid

11:10
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13 / 23.05.2025