Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya yetti yil ichida ilk bor Taurus raketalaridan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazdi
Taurus Seul yaqinidagi hududdan Shimoliy Koreyadagi har qanday muhim obektga uch metr aniqlikda 15 daqiqa ichida yetib boradi.

Foto: Yonhap
Janubiy Koreya KXDR tomonidan bo‘layotgan muntazam yadroviy va raketa tahdidlari fonida yetti yil ichida ilk bor uzoq masofaga mo‘ljallangan Taurus qanotli raketalari ishtirokida jangovar o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazdi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.
Ta’kidlanishicha, Taurus raketalari 8 va 10 oktyabr kunlari F-15K qiruvchi samolyotlari yordamida uchirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalar 400 kilometr masofani bosib o‘tgan va Sariq dengizdagi nishonlarni muvaffaqiyatli ishg‘ol etgan.
Janubiy Koreya oxirgi marta Taurus raketalarini 2017 yilda, KXDR tomonidan o‘tkazilgan oltinchi yadroviy sinovlarga javoban amalga oshirgandi.
Qayd etilishicha, bu turdagi qanotli raketalar uchirilganida parvoz tezligi soatiga 1163 kilometrga yetadi. U Seul yaqinidagi hududdan Shimoliy Koreyadagi har qanday muhim obektga uch metr aniqlikda 15 daqiqa ichida yetib boradi.
Avvalroq Janubiy Koreya KXDR yadroviy jangovar kallaklarni ishlab chiqarishga yetarli plutoniy va uranga ega ekanini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga mamlakat razvedkasining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya yettinchi yadroviy sinovini 5 noyabrda — AQShdagi prezidentlik saylovlaridan keyin o‘tkazishi mumkin.
Bir necha kun oldin esa KXDR Janubiy Koreyaga olib boruvchi barcha avtomobil va temiryo‘llarni yopishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shimoliy Koreya hukumatining bu kabi harakati ramziy xarakterga ega, chunki KXDRdan Janubiy Koreyaga eltadigan yo‘llardan shundoq ham kamdan kam hollarda foydalaniladi.
Mavzuga oid

18:22 / 02.07.2025
KXDR Rossiyaga 30 ming nafargacha askar yuborishi mumkin

20:31 / 01.07.2025
KXDR «frilanserlari» Amerika kompaniyalarida millionlab dollar ishlab topdi

10:48 / 01.07.2025
Kim Chen In «aqlga sig‘mas hodisa»ga guvoh bo‘ldi: uning yangi esminetsi suvga tushirish chog‘ida ag‘darilib ketdi

21:34 / 26.06.2025