Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Qora dengiz floti Ukraina dronlari tufayli manzilini o‘zgartirdi
Rossiya Qora dengiz floti kemalarining muhim qismini Sevastopoldan boshqa manzilga ko‘chirgani tasdiqlandi.

Foto: Aleksey Danichev / RIA Novosti
Ukraina Qurolli Kuchlari dronlari hujumlari tufayli Rossiyaning Qora dengiz floti o‘z manzilini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda rossiyalik senator Dmitriy Rogozin ma’lum qildi.
«Agar biz yana bir bor qurol tizimlariga va maxsus harbiy operatsiya davrida jangovar foydalanish usullariga kiritilgan o‘zgarishlarga qaytadigan bo‘lsak, unda Qora dengiz floti yaxshi misol bo‘la oladi. U bizning katta kemalarimiz dushman dron-katerlari uchun qulay nishonga aylangani tufayli manzilini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi», dedi Rogozin. U boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
2023 yil oktyabr oyida The Wall Street Journal Rossiya Qora dengiz flotining katta qismini anneksiya qilingan Sevastopol portidan olib chiqib ketilgani haqida yozgan edi. Gazeta o‘z manbalariga tayandi va sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni keltirdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya «katta kemalarni, jumladan uchta hujumkor suvosti kemasi va ikkita fregatni» Sevastopoldan Rossiya va Qrimning boshqa portlariga ko‘chirgan, bu esa «yaxshiroq himoyani ta’minlaydi».
«OSINT-analitik» tomonidan e’lon qilingan sun’iy yo‘ldosh suratlari Rossiya Qora dengiz floti kemalarining muhim qismi Sevastopoldan Krasnodar o‘lkasidagi Novorossiysk portiga ko‘chirganini tasdiqladi.
Kreml Qora dengiz flotining Novorossiyskka ko‘chirilishi haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Mavzuga oid

21:39 / 11.07.2025
NYT: Kiyevda otib ketilgan polkovnik UXX maxfiy bo‘linmasini boshqargan

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

16:42 / 11.07.2025
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin

16:30 / 11.07.2025