Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya hukumati aholini yolg‘izlikdan qutqarish uchun 327 mln dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Yiliga minglab koreyslar yolg‘izlikda vafot etadi. Bu hukumatni jiddiy choralar ko‘rishga majburlamoqda.

Foto: AFP
Janubiy Koreyada har yili minglab odamlar yolg‘izlikda vafot etadi, ularning jasadlari esa kunlar yoki haftalar o‘tgach topiladi. Seul hokimiyati kelgusi besh yil ichida bu muammoni hal qilish uchun taxminan 327 million dollar mablag‘ ajratishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda CNN.
“Yolg‘iz o‘limlar” butun Koreya bo‘ylab keng tarqalgan. Muammo shunchalik jiddiylashganidan hukumat chora ko‘rishga qaror qildi.
Yolg‘iz odamlar uchun ishonch telefoni va onlayn maslahat platformasi ishga tushiriladi. Kelajakda shaxsiy tashriflar ham yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, Seulda psixologik mashg‘ulotlar va yashil hududlar tashkil etiladi. Keksalar uchun ovqatlanish dasturlari ishlab chiqilib, yakkalanib qolgan aholi qatlamlarini aniqlash uchun maxsus tizim joriy etiladi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha boshqa chora-tadbirlar ham ko‘zda tutilgan.
Mutaxassislar hukumat rejasini ma’qulladi, lekin ko‘proq ish qilish kerakligini ta’kidladi. Ular yolg‘izlikni koreys madaniyatining o‘ziga xos xususiyati deb biladi.
2023 yilda Janubiy Koreyada 3661 kishi yolg‘iz hayotdan ko‘z yumgan. Shu bilan birga, ular orasida erkaklar ustunlik qiladi — 84 foizdan ortiq.
Yolg‘izlikda vafot etish holati faqat Janubiy Koreyada kuzatilmayapti. 2024 yil birinchi yarmida Yaponiyada 40 mingga yaqin odam o‘z uyida yolg‘iz vafot etdi. Ularning 4 mingga yaqini o‘limidan bir oy o‘tib topilgan, 130 nafar odamning o‘limi bir yil davomida aniqlanmagan.
Mavzuga oid

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

17:11 / 06.07.2025
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

23:11 / 04.07.2025