Bitta shaxs nomiga beriladigan kartalar sonini cheklash rejalashtirilyapti
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayevning ma’lum qilishicha, ayrim mijozlar nomiga yuzlab plastik kartalar ochilgan. Bunday kartalardan firibgarlar pul mablag‘larini o‘zlashtirish sxemalarida foydalanishyapti.

Foto: Kun.uz
Markaziy bank bitta foydalanuvchiga rasmiylashtiriladigan bank kartalari sonini cheklashi mumkin. Bu haqda 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan media-muloqotda MB raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Hamrayevning aytishicha, hozirda O‘zbekistonda fuqarolarning bitta pasportga ochishi mumkin bo‘lgan bank kartalari soni qonuniy jihatdan chegaralanmagan. Buning oqibatida ayrim mijozlar o‘z nomiga bir necha yuzlab karta ochib olgan.
«Bunday kartalardan firibgarlar pul mablag‘larini o‘zlashtirish sxemalarida foydalanayotgani ham aniqlandi. Markaziy bank mutaxassislari maqbul yechim topish uchun mazkur masalani tahlil qilishyapti», dedi u.
Regulyator rasmiysi kartalar sonini nechtagacha cheklash taklif qilinayotgani haqidagi savolga aniq javob bermadi.
Mavzuga oid

15:34 / 10.06.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarga yetdi

17:35 / 04.06.2025
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

18:41 / 29.05.2025
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi

17:27 / 16.05.2025