Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
O‘zbekiston Amudaryo va Sirdaryodan qariyb 10 mlrd kub.m. suv olishi kutilmoqda.

6 noyabr kuni Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Davlatlararo suv resurslarini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi yig‘ilishida 2024-2025 yillardagi vegetatsiya mavsumi uchun daryolardan suv olish limitlari tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yil 1 oktyabrdan 2025 yil 1 aprelgacha Amudaryodan 5,98 mlrd kub.m., Sirdaryodan 3,347 mlrd kub.m. suv oladi.
Amudaryodan olinadigan suvning umumiy hajmi 15,791 mlrd kub.m.ni tashkil qiladi, shundan: Turkmaniston – 6,5 mlrd kub.m., O‘zbekiston – 5,98 mlrd kub.m., Tojikiston – 2,941 mlrd kub.m. suv oladi.
Sirdaryodan umumiy taqsimot hajmi 4,247 mlrd kub.m.ni tashkil qiladi. Shundan: Qozog‘iston 488 million kub.m.; Qirg‘iziston - 47 mln kub.m.; O‘zbekiston – 3,347 mlrd.kub.m. suv oladi.
Suv taqsimoti mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi, sanoat va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga oladi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yilda Orol dengizi va Orolbo‘yi hududiga 1,672 mlrd kub.m. suv yetkazib berilishi kutilmoqda. Bu rejalashtirilgan 2,1 mlrd kub.m. o‘rniga 1,273 mlrd kub.m. suv yetkazib berilgan o‘tgan mavsumdagi real ta’minot hajmidan 30 foiz ortiq.
Mavzuga oid

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

13:44 / 27.06.2025
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlaganlar salkam yarim mlrd so‘m zarar yetkazdi

09:59 / 21.06.2025
"Amudaryo" va "Sirdaryo" havzalari birlashmalari xodimlariga ustama belgilandi

18:44 / 14.06.2025