Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keling, Amerikani yana Meksikaga aylantiraylik - Meksika prezidenti
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfazi qilib o‘zgartirish niyati haqidagi bayonotiga javob qaytardi.

Foto: AFP
«Shubhasiz, Meksika ko‘rfazi - BMT tomonidan tan olingan nom. Lekin nega biz [qit’ani] Meksika Amerikasi deb atamaymiz? Bu yoqimli eshitiladi, shunday emasmi?», dedi Sheynbaum.
Dalil sifatida u Niderlandiyaning Ost India kompaniyasi buyurtmasi bilan yaratilgan 1607 yildagi tarixiy xaritani keltirdi, unda zamonaviy Qo‘shma Shtatlar hududi Meksika Amerikasi deb atalgan.
Bundan tashqari, 1814 yilda imzolangan Meksikaning birinchi konstitutsiyasida Meksika Amerikasining mustaqilligi e’lon qilingan.
Meksikaning sobiq madaniyat vaziri, hozir Yevropa Kengashidagi Meksika vakolatxonasi rahbari Xose Alfonso Suares del Real ham ba’zi tarixiy ma’lumotlarni taqdim etdi. Uning ta’kidlashicha, «Meksika Amerikasi» nomi Britaniya mustamlakachilarining birinchi guruhi zamonaviy Virjiniyaga kelishidan oldin mavjud bo‘lgan.
7 yanvar kuni AQSh saylangan prezidenti Donald Tramp Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb qayta nomlash niyatida ekanini aytdi. Tramp o‘z bayonotida Meksikaning immigratsiya siyosatini ham tanqid qilib, mamlakatni Qo‘shma Shtatlarga migrantlar va giyohvand moddalar oqimini yetarlicha nazorat qila olmaganlikda aybladi.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, noqonuniy migratsiya va kontrabanda tufayli yetkazilgan zararni qoplash chorasi sifatida yangi bojlar joriy etiladi.
Mavzuga oid

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

19:55 / 11.07.2025